Qizlar e’tirof etildi

Date:

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyuttsiyasiga asosan, 11-oktyabr sanasi “Xalqaro qizlar kuni” deb e’lon qilingan. Aytish kerakki, ushbu kun munosabati bilan joylarda tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar tashkil etilib, sana munosib nishonlandi. Sherobod tumani madaniyat markazida «Qizlar millat tayanchi» shiori ostida «Sening tashabbusing – Sening kelajaging uchun» qizlar forumi o‘tkazildi.
Forum maktablarda ta’lim olayotgan ziyrak, iqtidorli va iste’dodli qizlarning qo‘l mehnati yordamida yasagan buyumlari ko‘rgazmasi bilan boshlandi. Tashrif buyurgan borki, ko‘rgazmaga qo‘yilgan qo‘l mehnati namunalaridan zavq olishdi.


Ko‘tarinki ruhda boshlangan tadbir bilimli, iqtidorli va faol qizlarning yutuqlari bilan tanishtirish bilan boshlandi. Ularning izlanish va harakatlari e’tirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangani esa bayramga o‘zgacha fayz va ruh kiritdi.
Muhimi tashkil etilgan forum bahona qizlar munosib qo‘llab-quvvatlandi, e’tirof va rag‘bat topdilar. Vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, 11-oktyabr sanasini yaxshi xotiralar bilan eslaydigan bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun