O‘rganish ishlari olib borildi

Date:

Fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot va davlat idoralari o‘z vazifasini qay darajada udda qilmoqda? Haqiqatan ham xalq manfaati va huquqlarini himoya qilish yo‘lida kamarbasta bo‘lib xizmat qilyaptimi? Albatta, bunday savollarga jamoatchilik fikrini o‘rganish va faoliyatni tekshirish natijasida javob olish mumkin. Ayni maqsadda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda, navbatdagi manzil Surxondaryo viloyati bo‘ldi. O‘rganish davomida fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifati aniqlandi. Qolaversa, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyati yanada jadallashtirish, byurokratik cheklovlarni qisqartirish, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz va Angor tumani Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi. Shuningdek, davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha adliya bo‘limi mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Jumladan aholining huquqiy muammolari bilan joyiga chiqqan holda ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga ko‘maklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun