Yutuqlar bardavom bo‘ldi

Date:

Qaysidir sport turini o‘rgangan yoshning ishtiyoqi va jangga tushish istagi alanga olishi aniq. Ichidagi shijoatni esa faqat va faqat mardi maydon bo‘lib, maydonga tushibgina so‘ndirish mumkin. Sportchi raqibiga peshvoz chiqib, uni yengandan keyingina o‘ziga ishonchi ortadi. Sarf etgan vaqti va kuchiga achinmaydi. Toshkent shahrida joylashgan “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tgan sportning kikboksing turi bo‘yicha “UZBEKISTAN OPEN” III xalqaro turnirida ham yuragida ana shunday shijoati-yu olovi bor sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqada dunyoning 28 ta mamlakatidan 10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 1600 nafar yakka kurashchi jam bo‘ldi. Raqamlardan anglash mumkinki, jang murosasiz va qizg‘in kurashlarga bo‘y bo‘ladi. Ana shunday kuchlilar ichida surxandaryolik sportchilar ham ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Adhamjon Husanov va Suhrobjon Usmonovlar 2-, Asadbek Qurbonov esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, hakamlar va tomoshabinlarning e’tibori-yu e’tirofiga sazovor bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun