Homiylik asosida

Date:

Ta’limga tikilgan sarmoya yuz, ming baravar foyda keltirib, kelajak avlodlarning nurli kelajagi uchun xizmat qiladi. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ta’sischisi, tadbirkor Jamshid Pardayevning tashabbusi bilan vohamizda ilk xususiy oliygohning faoliyati yo‘lga qo‘yilganidan ham buni bilish, anglash mumkin. Tadbirkor Oltinsoy tumanining “Navro‘z” mahallasi, Qaymoqli qishlog‘idagi maktabda o‘qigan. Bu maktab binosi esa hozirda ancha eski va abgor holatda ekani tadirkorning navbatdagi tashabbusiga turtki bo‘ldi. U ana shu maktabning yangi o‘quv binosini qurishni niyat qildi.


Shu tariqa umumiy qiymati 11,7 milliard so‘m bo‘lgan 2 qavatli, 500 o‘rinli maktab binosini qurishga tamal toshi qo‘yildi. Maktab binosi loyihasi bilan tanishganning havasi kelishi aniq. Chunki maktabning yangi binosida barcha talablarga javob beradigan o‘quv, laboratoriya va kompyuter sinfxonalari, kutubxona, 200 o‘rinli majlislar zali, usti yopiq sport zali, sun’iy qoplamali stadion hamda o‘quvchilar uchun oshxona o‘rin olgan.
Qurilish ishlariga tamal toshi qo‘yilgan tadbirda Surxodaryoi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etib, xayrli tashabbus uchun tadbirkorga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Qurilish ishlari oldidan jonliq so‘yilib, yoshi ulug‘larning duosi olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bahodir Jalolov: 18 g‘alaba, 15 nokaut

Ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi g‘alabali...

Tilga e’tibor — savodxonlikdan boshlanadi

Davlat tiliga hurmat uning sofligini asrash, imlo qoidalariga rioya...

XAVFSIZLIK TALABLARI TANQIDIY OSTIDA

Xavfsizlik muhim, ayniqsa, jamoat joylarida. Birgina ehtiyotsizlik yoki e’tiborsizlik,...

Otalar namuna ko‘rsatdi

​Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi”...
KunTun
KunTun