“Ekraz” mahallasi obod bo‘lmoqda

Date:

Oltinsoy tumanidagi “Ekraz” mahallasi ko‘chalari asfaltlanmagani uchun yozda chan-to‘zon ko‘tarilsa, qishda mahalla ahli loyga botadi. Ular ham yurtimizda bo‘layotgan obodonchilik, bunyodkorlik ishlarining shamoli “Ekraz”ga kelib, yo‘llari asfaltlanishini, shart-sharoitlar yaratilishini istashadi.
Shu sababdan ham mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib, “Open byudjet”da mahallasidagi yo‘llarni asfaltlash taklifi bilan ishtirok etdilar. Buni qarangki, taklif 16 000 ga yaqin ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa 3,5 kilometrlik asfalt yotqizish loyihasi munosib qo‘llab-quvvatlanib, amaliy harakatlar boshlab yuborildi.
Asfaltlash ishlarini tashkil etishda mahalla faollari va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xurram Xo‘jaqulov ham bosh-qosh bo‘lmoqda. Asosiysi, endi mahallaning barcha ichki ko‘chalari tekis va ravon, obod bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arslonbek mutlaq gʻolib

Uzunlik iqtidorli sportchi Komilov Arslonbek para powerlifting yo‘nalishida yirik...

Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan...

Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish...

Jarayon nazorat ostida

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida...
KunTun
KunTun