Bolalikning chegarasi yo‘q

Date:

Sarhadlar qo‘riqlanayotgan paytda chegarachilar oilasidagi bolalik ham e’tibordan chetda qolmaydi.

Surxondaryodagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy shaharchada harbiy xizmatchilar farzandlari uchun shaxmat musobaqasi va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Donalar surilgan bellashuvda bolalar mantiqiy fikrlash, sabr va topqirliklarini sinovdan o‘tkazdi. Eng muhimi, musobaqa ular uchun nafaqat bahs, balki tengdoshlari bilan do‘stlashish imkoniga aylandi.

Tadbirning bayramona qismida esa bolajonlar uchun dasturxon yozilib, shirinliklar ulashildi. Davlat bayrog‘i va yurak ramzi aks etgan tortdagi kichik detallar ham bolalarga alohida quvonch bag‘ishladi.

Bunday uchrashuvlar bolalar uchun bir kunlik ko‘ngilochar tadbirdan ko‘ra kattaroq ma’noga ega. Chunki ota-onasi Vatan sarhadlarini qo‘riqlayotgan xonadonlarda ulg‘ayayotgan avlodning qalbida ham do‘stlik, Vatanga mehr va otasining sharafli kasbiga hurmat shu kabi oddiy, samimiy lahzalarda shakllanadi.

Islomjon Muxamadaliyev,

harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limda raqamli imkoniyatlar va zamonaviy metodika

Etcetera Termiz davlat pedagogika institutida “Madaniyatlararo va raqamli ta’lim sharoitida...

Ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashadi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro...

Shahrizoda va Sofiya Malayziyaga boradi

iTISU Cambridge International School o‘quvchilari xalqaro miqyosdagi 9th Writing...

Yosh sportchilar bilan motivatsion uchrashuv

Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC...
KunTun
KunTun