Yoshlar bilan ochiq muloqot

Date:

Janubiy-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Qaqaydi garnizonida yoshlar ishtirokida vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va jamiyat hayotidagi faollik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi mutaxassislari va faxriylar bilan ochiq muloqot qilinib, yoshlar hayotida muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida «Yo‘lovchi» loyihasi doirasida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yo‘lni kesib o‘tishda ehtiyotkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Xususan, piyodalar o‘tish joyida haydovchi e’tiborini jalb qilish uchun qo‘l ko‘tarib o‘tish tashabbusi tushuntirildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxona va muzeylarga tashrif uyushtirildi. Bunday tadbirlar yoshlarning tarix va milliy qadriyatlar haqidagi bilimlarini boyitish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda yo‘l harakati madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun