Aholi farovonligiga e’tibor qaratildi

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning Jarqo‘rg‘on tumanidagi amaliy tashrifi Paxtazavod va Alisher Navoiy mahallalarida davom etdi.

Tashrif davomida mahallalarning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish holati, ko‘chalar hamda ichki yo‘llarning tozaligi ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga hududlarda ozodalik va ko‘rkamlikni ta’minlash ishlarini tizimli davom ettirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahallalarda shukronalik kayfiyatini targ‘ib qilish, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Aholi bilan muloqotda ularning taklif va muammolari tinglanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Viloyat hokimi tuman hokimiga boshlangan ishlarni jadallashtirish, hududlarni yanada obod qilish va aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun