Sarhad posbonlari — e’tibor va ehtiromda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatidagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy shaharchasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Vatan sarhadlarini tun-u kun qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oilalari bayram bilan muborakbod etildi. Harbiylarning xizmat burchini sidqidildan ado etishida oilalarning, xususan, ayollarning sabr-toqati va qo‘llab-quvvatlashi alohida e’tirof etildi.

Bayramning madaniy qismida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va farzandlari ishtirokida kuy-qo‘shiqlar, raqslar va samimiy suhbatlar tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy oilalar birdamligini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarga ruhiy madad berish hamda ularning Vatan oldidagi burchini yanada mas’uliyat bilan bajarishiga xizmat qiladi.

Islomjon Muhammadaliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun