Kambag‘allik qisqartiriladi

Date:

Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi joylarda o‘rganilmoqda.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov “Namuna” mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi”ning aholi bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan muloqot qilinib, ularning bandligini ta’minlash, daromadini oshirish va mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyatidagi kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, har bir xonadon bilan individual ishlash, muammolarni chuqur o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun