TERMIZ SHAHAR PROKURORI RUSTAM IBRAGIMOVNING HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA OID TERMIZ SHAHRI AHOLISIGA MUROJAATI

Date:

Hurmatli termizliklar! So‘nggi vaqtlarda ayrim hududlarda o‘g‘rilik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchrab turayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan barcha fuqarolardan ogohlikni oshirish, hushyorlikni kuchaytirish hamda o‘z mol-mulki va shaxsiy xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashishlarini so‘raymiz.

O‘g‘riliklarning oldini olish uchun:

— Uy yoki avtomobilingizni hatto qisqa muddatga bo‘lsa ham ochiq qoldirmang;

— Uyda yo‘qligingizda eshik va derazalarni mustahkam yopib, qo‘shnilarni ogohlantiring;

— Uy va hovlilarga kuzatuv kamerasi hamda signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega;

— Yangi tanishgan yoki ishonchsiz shaxslarga uy manzilingiz, mol-mulkingiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringiz haqida ma’lumot bermang.

Firibgarliklarning oldini olish uchun:

— Telefon qo‘ng‘iroqlari, internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali pul yoki shaxsiy ma’lumot so‘rayotgan shaxslarga ishonmang;

— “Siz yutuq yutdingiz”, “foydali investitsiya”, “kreditni yopib beramiz” kabi takliflar bilan murojaat qilayotganlar firibgar bo‘lishi mumkin;

— Pul o‘tkazish yoki hujjat topshirishdan avval manbani tekshiring, ishonch hosil qilmaguncha hech qanday to‘lov amalga oshirmang;

— Har qanday shubhali holatlarda darhol 102 qisqa raqamiga murojaat qiling.

Eslatma! Fuqarolarning ogohligi va hushyorligi — jinoyat-chilikka qarshi eng samarali himoya hisoblanadi. O‘z mol-

mulkimizni, oilamizni va jamiyat tinchligini asrash har birimizning muqaddas burchimizdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun