DEPUTAT TASHABBUSI MOLIYALASHTIRILADI

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘isida”gi PQ-264-sonli Qaroriga ko‘ra, xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2026-yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni deputatlar tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti joriy etildi.

onunchilik palatasi deputatlarining siyosiy faolligini va saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish, saylov okruglaridagi ijtimoiy masalalarni hal etishdagi tashabbuskorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, tashabbusli budjet jarayonlarini yanada takomillashtirishdan iboratdir.

  Qaror bilan 2026-yil 1-yanvardan boshlab deputatlar har yili tashabbusli budjet jarayonlari doirasida tegishli saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayotiga va hududni rivojlantirishga bevosita ta’sir qiladigan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda “Ochiq budjet” axborot portalida tanlaydi va mazkur tanlov loyihani O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.

Portalda deputat tashabbusi asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun alohida sahifa tashkil etilib, shu turdagi barcha loyihalarning jamoatchilik uchun ochiq ro‘yxati yuritiladi.

Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga bir yilda ikki mavsumga bazaviy hisoblash miqdorining 8 ming baravari

(3 milliard 296 million so‘m) miqdorida mablag‘ har yilgi respublika budjetida nazarda tutilgan. Deputatlar tashabbusi loyihalari uchun qo‘yiladigan talablar amaldagi “Tashabbusli budjet” jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan mezonlar asosida aniqlanadi.

“Tashabbusli budjet” (Open Budget) jarayonlarida “Deputatlar tashabbusi” amaliyoti mahalliy kengash deputatlarining fuqarolar muammolarini hal etishdagi faolligini oshirishga qaratilgan muhim mexanizmdir. Bu amaliyot orqali deputatlar o‘z saylov okruglaridagi dolzarb muammolarni (yo‘l, maktab, tibbiyot) aniqlab, budjet mablag‘larini to‘g‘ri yo‘naltirishda bevosita ishtirok etadi.

“Deputatlar tashabbusi” amaliyotining asosiy jihatlari shundan iboratki,  deputatlar mahallabay yurib, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganadi, aholi bilan birgalikda loyihalarni tayyorlaydi va “Open Budget” portaliga kiritadi, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz yig‘ishda yetakchilik qiladi va ovoz berishni tashkil etadi.

Ushbu amaliyot nafaqat budjet mablag‘larining shaffofligini ta’minlaydi, balki deputatlarning mahalliy muammolar yechimida mas’uliyatini kuchaytiradi.

Abdulazim SAMANOV,

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on

tuman Kengashi kotibiyati mudiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...

TERMIZ SHAHAR PROKURORI RUSTAM IBRAGIMOVNING HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASI VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHGA OID TERMIZ SHAHRI AHOLISIGA MUROJAATI

Hurmatli termizliklar! So‘nggi vaqtlarda ayrim hududlarda o‘g‘rilik va firibgarlik...

Muammo va yechimlar bir stol atrofida

Surxondaryo viloyatida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish jarayonida jamoatchilik nazorati...

KUCH VA ADOLAT

Amir Temur jahon tarixida buyuk sarkarda va dono davlat...
KunTun
KunTun