359 ta oilaga ko‘mak ko‘rsatiladi

Date:

Yurtimizga mehr-oqibat, xayr-u saxovat va shukronalik ruhini olib kelgan muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan joylarda ezgu va savobli ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov rahbarligida Ramazon oyida xayr-ehson tadbirlarini tizimli tashkil etish, kam ta’minlangan va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman bosh imom-xatibi Saidmuhammad Saidov ishtirok etib, muborak oyda amalga oshiriladigan xayrli amallarning savobi va barokati xususida ma’ruza qildi.

Tuman hokimining tashabbusi bilan mahallalar kesimida saralab olingan 359 ta kam ta’minlangan oilaga 100 dan ortiq rahbar va mas’ullar biriktirildi. Ularga har bir oilaning holidan  xabar olish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini joyida hal etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Tuman rahbari mazkur ishlar rasmiyatchilik uchun emas, balki savob va insoniylik tamoyillariga sodiq holda, chin yurakdan amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun