Ustuvor vazifalar belgilandi

Date:

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etish va hosildorlikni oshirish masalalari doimiy e’tiborda. Shu maqsadda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumani, Angor tumani va Muzrabot tumanida bo‘lib, dala ishlari va agrar tadbirlar ijrosini o‘rgandi.

Tashrif davomida g‘alla parvarishi, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish jarayonlari, shudgorlangan yerlarni lazerli tekislash hamda ekin ekishga tayyorgarlik holati tahlil qilindi. Shuningdek, tut ko‘chatlari ekish, kartoshkachilik va sanoatlashgan bog‘lar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va suv hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun