Yangi loyihalarga start berildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga amalga oshirgan tashrifi davomida hududda olib borilayotgan qator qurilish va tadbirkorlik loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Xususan, tuman markazida barpo etilishi rejalashtirilgan zamonaviy turar joy majmualari, sayilgoh, shuningdek, turli tadbirkorlik obyektlari bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu loyihalar aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga qaratilgan.

Shuningdek, tumandagi qator kollektorlar ustini zamonaviy drenaj texnologiyalari asosida yopish orqali ular atrofida ijtimoiy va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish ishlari holati o‘rganildi. Mazkur tashabbus hududni obodonlashtirish bilan birga, yer maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Bundan tashqari, tashrif davomida tumanda yangi maktab binosi qurish, shuningdek, mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha bino barpo etish va rekonstruksiya qilish loyihalariga start berildi.

O‘rganishlar yakunida viloyat hokimi tomonidan loyihalarni belgilangan muddatlarda va yuqori sifat talablariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirish, qurilish jarayonlarini doimiy nazoratga olish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun