Tomorqadan samarali foydalanilsa…

Date:

Yurtimizda usta-dehqonlarni biriktirish orqali “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyilini joriy etish bo‘yicha manzilli loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanining “Birdamlik” mahallasida bo‘lib, mazkur topshiriqlar doirasida aholining tomorqadan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, usta-dehqonlarni biriktirgan holda mahsulot yetishtirish tajribalarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, mahallada ko‘chatchilik, sabzavot mahsulotlari yetishtirish, shuningdek, mavjud tomorqalardan boshqa yo‘nalishlarda samarali foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda shahar va tumanlar hokimlari, oliy ta’lim muassasalari hamda tegishli boshqarmalar tomonidan ishlab chiqilgan rejalar taqdimoti bilan tanishildi. Har bir hududning o‘ziga xos imkoniyat va salohiyatidan kelib chiqqan holda rejalarni takomillashtirish, aniq natijaga yo‘naltirilgan loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv tejaladi

Surxondaryo viloyatida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hududlarning...

Yangi loyihalarga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga amalga oshirgan...

Tomorqadan samarali foydalanilsa…

Yurtimizda usta-dehqonlarni biriktirish orqali “Bir kontur — bir mahsulot”...

TEZKOR, TEJAMKOR, EKOLOGIK TOZA…

Viloyatda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, avvalo, inson qadrini...
KunTun
KunTun