Noqonuniy ov fosh etildi

Date:

Viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Muzrabot tumani “Buyuk ipak yo‘li” mahallasi hududidagi chegaraoldi mintaqasida joylashgan sholipoya dala maydonida noqonuniy ov holati fosh etildi.

Tekshiruv jarayonida fuqaro B.R. o‘ziga tegishli ov qurolidan foydalangan holda 1 bosh yovvoyi o‘rdakni noqonuniy ovlagani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 20 baravari, ya’ni 8 million 240 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Shuningdek, mazkur noqonuniy ov natijasida tabiatga yetkazilgan ekologik zarar 412 ming so‘m miqdorida hisoblandi. Mas’ul idoralar fuqarolarni yovvoyi tabiatni asrash, ov qilish qoidalariga qat’iy rioya etish hamda ekologik muvozanatni saqlash har bir insonning burchi ekanini unutmaslikka chaqirmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun