Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

Date:

“Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan Termiz tumanidagi “Yangiariq–Surxon” hududida, M-41 avtomagistrali bo‘ylab joylashgan beshta mahallada ham mazkur dasturni amalga oshirish belgilandi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Mas’ullarga ishlarga zudlik bilan kirishish, yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, M-41 avtomagistrali bo‘ylab mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, yo‘lbo‘yi hududlarining shaharsozlik qiyofasini zamonaviylashtirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...

Zamonaviy sharoit, xavfsiz jamiyat

Sariosiyo tumanida Ichki ishlar bo‘limining yangi, zamonaviy binosi foydalanishga...

Har qarich yer baraka

Jarqo‘rg‘on dehqonlari fidokor mehnati natijasida kartoshka hosilida rekord ko‘rsatkichlarga...

Kelajak kodlarda…

Termiz shahrida sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan nufuzli umummilliy AI...
KunTun
KunTun