Muammo yechim topdi

Date:

Oltinsoy tumanida aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan suv ta’minoti masalalari bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda. Jumladan, “Yangiqurilish”, “Madaniyat” va “Jiyanbobo” mahallalarida aholi tomorqalari hamda fermer xo‘jaliklari yerlarini sug‘orib kelayotgan ariqlarni betonlash ishlari boshlandi.

Mazkur ishlar tuman hokimi Otabek Mavlyanov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Ariqlarni betonlash orqali suv yo‘qotilishining oldi olinib, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

Hozirda belgilangan hududlarda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu amaliy chora-tadbirlar natijasida aholining ko‘p yillik murojaat va takliflari inobatga olinib, muhim muammo hal etilmoqda. Tuman hokimligi tomonidan infratuzilmani yaxshilash va obodonlashtirish ishlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun