Husniya tantanali kutib olindi

Date:

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ulkan muvaffaqiyatga erishganidan xabaringiz bor. Mamlakatimiz sportchilari musobaqada 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Ayniqsa, ushbu g‘alabada Surxondaryo vakili, O‘zbekiston Para yengil atletika terma jamoasi a’zosi, 16 yoshli Husniya Olimjonovaning hissasi beqiyos bo‘ldi. U o‘smirlar toifasidagi bahslarda yugurishning 100, 200, 400, 800 va 1500 metr masofalari, shuningdek, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash va uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida ishtirok etib, jami 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Termiz temiryo‘l vokzalida yurtimiz faxri Husniya Olimjonova mutasaddi tashkilotlar vakillari, sportchilar hamda keng jamoatchilik ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.

Husniya barcha qo‘llab-quvvatlayotgan ustozlar, murabbiylar va yurtdoshlariga minnatdorchilik bildirib, asosiy maqsadi Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonish ekanini, ushbu yutuqlar esa bu yo‘ldagi navbatdagi mustahkam qadamligini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun