Ilg‘or tajriba bilan…

Date:

Bugun insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Lekin keyingi asrlarda butun kurrayi zaminga keng tarqalgan bir illat bugun-gi kunda hammamizni tashvishga solib, og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga, oilalar va millat genofondining buzilishiga olib kelmoqda. Bu — giyohvandlikdir.
Mamlakatimizda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning giyohvandlik va psixotrop moddalarga nisbatan immunitetni
shakllantirish, shuningdek, inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo so‘nggi yillarda yangi
turdagi sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar paydo bo‘layotgani, ular inson omilisiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida oson tarqatilayotgani mas’ul davlat tuzilmalarining bu boradagi faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish zarurligini taqozo etmoqda.
Prezidentimizning 2024-yil 6-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamla-katimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu borada muhim huquqiy asos bo‘ldi.
Ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro, shu jumladan, BMT ekspertlarining xulosa va tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 — 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi.
Mazkur strategiya doirasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni, ta’lim muassasalarida psixofaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targ‘ibot-tashviqot va tarbiyaviy-profilaktik mexanizmlarni joriy etish kabi maqsadlarga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifasi sifatida belgilandi.
Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarning giyohvandlik vositalaridan tibbiyotda foydalanish amaliyotini nazorat qilish, shuningdek, farmatsevtika korxonalari, giyohvandlik vositalarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar mas’uliyatini oshirishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish ularning ustuvor vazifalariga kiradi.

I.Yarashov,
Viloyat IIB JXX JTSB kinologiya bo‘linmasi birinchi kinologiya guruhi kichik inspektor kinologi, safdor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or tajriba bilan…

Bugun insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Lekin keyingi...

Halollik do‘st, nafs esa dushman

Jamiyatda adolat va halollik eng muhim mezon bo‘lib, ayniqsa,...

To‘siq ham, imkoniyat ham bor…

Globallashuv jarayonida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda....

Alp yigitlar qaydasiz?!

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq...
KunTun
KunTun