“Sen iste’dodlisan”

Date:

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovining tuman, shahar bosqichlari o‘tkazilmoqda. Unda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan hamda inklyuziv sinflarda tahsil olayotgan o‘quvchilar qatnashmoqdalar.

Tanlovning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlashdir. Ko‘rik-tanlov estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) hamda tasviriy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar o‘z chiqishlari orqali san’atga bo‘lgan mehrini, orzu-intilishlarini va ijodiy salohiyatini namoyon etmoqdalar.

Tanlov bosqichma-bosqich tashkil etilib, tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar keyingi — viloyat bosqichida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun