Zo‘rlar ichra zo‘r

Date:

Sportchilarimiz yana yurtimiz nomini yuksaklarga ko‘tarishdi. Vohadoshimiz  Asadbek Qurbonov 64 ta davlat vakillari ishtirok etgan kikboks bo‘yicha Jahon kubogida ajoyib natija ko‘rsatib, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Bu yutuq Surxondaryo va O‘zbekiston sporti uchun katta faxrdir.

Eng quvonarlisi shundaki, Asadbek Qurbonov ushbu g‘alaba orqali Jahon chempionatiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi va Dubayda bo‘lib o‘tadigan, 150 ta davlatdan 2 mingdan ortiq sportchi qatnashadigan nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, yana bir iqtidorli sportchi Nargiza Abdullayeva ham mazkur musobaqada Jahon kubogi sovrindori bo‘lib, o‘zining matonati va mehnatsevarligi bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bu g‘alabalar — yoshlarimizning mehnatsevarligi, iroda va g‘ayrati, shuningdek, mamlakatimizda sport sohasiga yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy samarasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun