“Ommaviy diktant” yozildi

Date:

Afsuski, hamma ham to‘g‘ri va xatosiz yoza olmaydi. Tashkilot va idoralarda yuritilayotgan ayrim hujjat namunalari fikrimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekanini isbotlaydi. Ammo barcha ham savodxon bo‘lishga, to‘g‘ri va aniq hujjat yuritishga majbur. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda turli tadbirlar uyushtirilib, kishilar savodiga, bilimiga oyna tutilayotir. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmoqlik esa o‘zlari uchun foydali va manfaatlidir.

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Boysun tumanida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ular orasida eng e’tiborlilardan biri sifatida tashkil etilgan “Ommaviy diktant” savodxonlik tadbiri alohida ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda tuman miqyosidagi tashkilot, muassasa va idoralarning rahbar hamda yetakchi xodimlari ishtirok etib, o‘zbek tilida savodxonlik darajasini yanada mustahkamlash, ish yuritishda davlat tilining meyorlari va uslublariga qat’iy amal qilish borasidagi ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.

Shuningdek, tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan davlat tilida ish yuritish madaniyati, rasmiy hujjatlar tuzish, xizmat yozishmalari yuritish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar va metodik tavsiyalar taqdim etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun