“Ekologiya bolalar nigohida”

Date:

Ayni kunlarda yurtimizdagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” doirasida “Ekologiya bolalar nigohida” shiori ostida ekologik yo‘nalishdagi tadbirlar keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Boysun tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida ham tashkil etildi. Tadbir doirasida bolajonlar o‘rtasida turli uchrashuvlar, musobaqalar, tanlovlar o‘tkazilib, ularning ekologik bilim va dunyoqarashini oshirishga xizmat qiluvchi faoliyatlar tashkil etildi.

Xususan, “Ekologiya bolalar nigohida” mavzusidagi rasmlar tanlovi bolalarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali yashil sayyoramiz go‘zalligini tasvirlab, tabiatni asrash g‘oyasini o‘ziga xos tarzda ifoda etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun