Karatechilarimiz shohsupada

Date:

Sport nafaqat sog‘lom turmush tarzi garovi, balki muvaffaqiyatga eltuvchi kalit hamdir. Faqat mehnat-u harakat, qiyinchilik bilan bu kalitni qo‘lga kiritish mumkin. Xorazm shahrida karate bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Xorazm Open xalqaro turnirida karatechi yoshlar ayni maqsad uchun harakat qildi.

Kurash murosasiz kechdi. Mahorat bahsida kuchlilar g‘alaba qozondi. Quvonarlisi, turnirda sportchilarimiz Surxondaryo viloyati nomini baland cho‘qqilarga ko‘tarishdi. 6 nafar sportchi 1-, 4 nafari 2-, 3 nafari esa 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Karatechi yoshlarning ushbu nufuzli turnirdan olgan taassurotlari katta bo‘ldi. Ular o‘z oldilariga katta maqsad va marralarni qo‘yib, oldinga intilishadi va yurtimiz bayrog‘ini balandlarga ko‘tarishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun