Yangi boshqarma tashkil etiladi

Date:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar boʻysunuviga oʻtkaziladi;

davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi. Boshqarma 20 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamonchilar sinovdan oʻtdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Erta nikoh – ikki holatda mumkinmi?

Erta nikohning oldini olish va voyaga yetmaganlarning huquq hamda...

Taʼlim hamkorligi kengayadi

Surxondaryo ta’lim tizimining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni o‘rganish...

Eski bozor hududi yangilanmoqda

Muzrabot tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish...
KunTun
KunTun