Junna Kikuchi dzyudochilarimizni tayyorlaydi

Date:

2028-yilgi Olimpiadaga munosib sportchilar tayyorlash borasida bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham muhim qadam qo‘yildi. Yaponiyalik tajribali murabbiy, 5-DAN belbog‘ sohibi, Xalqaro litsenziyaga ega ustoz — Junna Kikuchi surxondaryolik dzyudochilarni kelgusi 1-yil davomida xalqaro musobaqalarga tayyorlaydi.

Termiz shahridagi Kurash majmuasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yaponiyalik dzyudo murabbiysi Junna Kikuchi bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda sportlarimizning mashg‘ulotlari bilan tanishdi. Suhbat davomida xorijiylik murabbiy Surxon sportchilarida katta salohiyat va iqtidor borligini ta’kidlab, ularni Olimpiada singari yirik arenalarga olib chiqish uchun barcha bilim va kuchini sarflagan holda tayyorlashini bildirdi.

Viloyat rahbari mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishib, mas’ullar, xususan, dzyudo federatsiyasi viloyat bo‘limi mutasaddilarining axborotlarini tingladi. Xorijlik murabbiyning tajribasidan unumli foydalangan holda sportchilarimizni xalqaro musobaqalar, ayniqsa Olimpiada va Paralimpiyada musobaqalariga puxta tayyorlash vazifalari belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun