Hammasi nazorat ostida

Date:

Prezidentimizning “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4229-sonli Qaroriga asosan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tashkil etilganiga ham
6 yil bo‘ldi.

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarining xizmatda foydalanishlari uchun 4 ta yengil avtomashina, 5 ta mototsikl, bitta avtobus, 5 ta skuter va 6 ta sigvey kabi zamonaviy transport va harakatlanish vositalari bilan ta’minlanganligi faoliyat doirasini kengaytiradi va tezkor xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Viloyat hududidagi turizm namoyishi obyektlarida
4 ta “Tourist police” ko‘chma ma’lumotlar markazi o‘rnatilgan bo‘lib, ular viloyatdagi eng gavjum turizm manzillaridir: Termiz shahridagi San’at saroyi, Arxeologiya muzeyi, Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy va Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad Imom At-Termiziy majmualarida Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari ajratilgan bo‘lib, doimiy ravishda xizmat olib borishmoqda.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligining maxsus fondi hisobidan Termiz shahri “Yulduz” mahallasi hududidan 2 qavatli zamonaviy jihozlangan xizmat binosi qurib bitkazildi, ushbu binoda xodimlar xizmat olib borishlari uchun kompyuter jamlanmalari va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan alohida xonalar hamda situatsion markazi ham tashkil etildi. Turistlarning viloyat hududiga kirib kelishidan tortib, mehmonxonaga joylashib “E-mehmon” bazasidan ro‘yxatdan o‘tishi, sayyohlik obyektlariga borishi va qaytib chiqib ketishlarining doimiy nazorati olib boriladi.
Hozirgi kunda ushbu situatsion markazga viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi obyektlari, mehmonxonalar, aholi gavjum bo‘lgan joylar, chorrahalar, aeroport va vokzallardagi kuzatuv kameralari integratsiya qilingan. Qolaversa, sutkalik navbatchilik asosida viloyat hududiga tashrif buyuruvchi sayyohlar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinadi.
Bundan tashqari, Xavfsiz turizmni ta’minlash xizmati faoliyatini aks ettiruvchi rus va ingliz tillarida hamda xodimlarning kerakli telefon raqamlari ko‘rsatilgan tarqatma bukletlar tayyorlangan bo‘lib, tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulay va tez fursatda zaruriy yordamlar ko‘rsatish maqsad qilingan. Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublika miqyosida sayohatlar uyushtirilib, kuzatuv xizmatlari ham tashkil etilib
kelinmoqda.

Baxrom XIDIROV,

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun