Yoshlar sanoat zonasi: qurilish boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qurilish, sanoat va kommunal sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyihalar ijrosi bilan tanishish ishlarini Termiz tumanida davom ettirdi. Dastlab, “Termez National Carpets” MCHJning gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida mavjud muammolar, faoliyatini sog‘lomlashtirish bo‘yicha rejalar hamda tadbirkorning boshqa tashabbuslari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, shu yerda elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va boshqa kommunal yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va qurilish loyihalarini infratuzilma bilan ta’minlash vazifalari yuzasidan axborot berdi. Tashrifning navbatdagi manzili tumandagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hudud bo‘lib, u yerda Yoshlar sanoat zonasi loyihasi qurilishini boshlash topshirig‘i berildi.

Loyiha doirasida massivda istiqomat qiluvchi ishsiz fuqarolar hamda oliygohlarda tahsil olayotgan talabalarning bandligi ta’minlanadi. Bundan tashqari, tumanning “Jo‘yjangal” mahallasida davlat-xususiy sherikchilik asosida avtoshohbekat loyihasi qurilishi o‘rganildi. Viloyat rahbari tomonidan tanishilgan loyihalar va taqdimotlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo rivojida ilmiy yondashuv va samarali boshqaruvga e’tibor kuchaytiriladi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining yigirma oltinchi sessiyasi bo‘lib...

Har bir tomchi suv — hosil va samaradorlik garovi

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va...

Bayramga munosib tuhfa

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Navro‘z mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari keng...

Tantanalar etadi davom

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uzun...
KunTun
KunTun