Hokim yoshlar bilan uchrashdi

Date:

Joriy yil Surxondaryo viloyatida 15 700 nafardan ortiq yosh oliy ta’lim muassasalarini tamomladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar bilan uchrashdi.

Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilandi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tayanch bo‘lish — har bir rahbarning ustuvor vazifasiga aylanishi kerak. Yakunda hokim o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilot rahbarlariga bitiruvchi yoshlar biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun