BAXTLI YASHASH SIRI

Date:

Chinning suluv qizi Li-Li suyganiga turmushga chiqdi. U baxtli edi, biroq shirin hayotiga qari, injiq qaynonasi zahar tomizib turardi. Qaynona-kelinning adoqsiz janjallaridan to‘ygan erkak uyga kelmaydigan odat chiqardi. O‘z oilasini saqlab qolishni istagan kelinchak tabib huzuriga bordi va dardini to‘kib soldi.

Nuroniy unga kukunga o‘xshash bir dori tutqazdi.

— Bu asta-sekinlik bilan ta’sir qiladigan zahar, — dedi keksa tabib, —uni uch oy davomida har kun oz-ozdan qaynonangning taomiga qo‘shib berasan! Qaynonangning o‘limida sendan gumonsiramasliklari uchun unga eng sara taomlarni tayyorlab, yaxshi muomalada bo‘l!

Li-Li cholning aytganiga amal qildi. «Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi» deganlariday, kelinning muloyim munosabati qaynonani tamomila o‘zgartirdi. Ular ona-yu qizga aylandi.

Yosh kelin o‘zini og‘ir yuk bosayotganday his qilib, qilmishidan pushaymon bo‘ldi va cholning huzuriga keldi.

— Qaynonamning qonini zahardan tozalovchi dori bering, iltimos. Uning o‘lishini aslo istamayman! Chol ko‘zlari yoshlanib,javdirab tikilib turgan Li-Liga qarab, qah-qah otib kuldi.

— Qizalog‘im-a, senga berganim darmondorilar edi. Ular qaynonangning kuchiga kuch qo‘shardi. Haqiqiy zahar, aslida, miyangda edi. Sen undan xalos bo‘lding. Endi chinakamiga baxtli yashaysan, — degan ekan tabib.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun