Sog‘lom turmush tarzi har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. U inson salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish, umrni uzaytirish va hayot sifatini yaxshilashning
eng asosiy omillaridan biridir.To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, yaxshi uxlash va zararli odatlardan voz kechish organizmning barqaror ishlashini ta’minlaydi. Jismoniy faollik va sog‘lom ovqatlanish insonning kayfiyati, fikrlash qobiliyati va stressga chidamliligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Sog‘lom inson faol, serg‘ayrat, ish qobiliyati yuqori va mas’uliyatli bo‘ladi. Ha, sog‘lom turmush tarzi vazn oshishiga ham yordam beradi, agar maqsad sog‘lom tarzda vazn qo‘shish bo‘lsa. Ammo bu yog‘ yig‘ish emas, mushak massasini to‘g‘ri oshirish, sog‘lom ravishda tana og‘irligini ko‘paytirish haqida ketyapti. Tana vazni indeksi past bo‘lsa, masalan, 180 santimetr bo‘yi bo‘lsa, og‘irligi 65 yoki 70 bo‘lsa.
Agar inson ozg‘in bo‘lsa va sog‘lom vaznga yetishmoqchi bo‘lsa, to‘g‘ri va muntazam ovqatlanish, mushak massasini oshirish, turli xil stres holatlaridan uzoqlashish tavsiya etiladi.
Ko‘pchilik qisqa muddat
ichida sezilarli vazn ortishini boshdan kechiradi. Bu holat faqatgina ko‘p ovqat yeyish bilan bog‘liq emas. Stress gormoni kortizol ko‘payganda tana yog‘ni, ayniqsa qorin sohasida, ko‘proq saqlay boshlaydi. Shuningdek, insulin gormoni doimiy yuqori bo‘lsa, yog‘ yig‘ilishi tezlashadi. Qayta ishlangan mahsulotlar va shakar ham ortiqcha vazn yig‘ishga sabab bo‘ladi. Kun davomida ko‘p o‘tirish va harakat qilmaslik metabolizmni sekinlashtiradi. Bu esa ortiqcha kaloriyalarni yog‘ga aylantiradi. Qolaversa, kam uyqu grelin gormonini ko‘paytiradi (bu ochlikni oshiradi) va leptinni kamaytiradi (bu to‘qlik hissini pasaytiradi). Natijada — ko‘p ovqat, kam energiya sarfi kuzatila boshlaydi.
Ba’zilar esa genetik jihatdan yog‘ni ko‘proq saqlovchi turga mansub bo‘ladi. Agar tana tez vazn yig‘ayotgan bo‘lsa, bu — noto‘g‘ri turmush tarzi, stress va gormonal nomutanosiblik belgisi bo‘lishi mumkin. Doimiy jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va sifatli uyqu asosiy yechimlardandir.
Tanangizni tushuning — shunda nazorat qilishingiz osonlashadi.
Ilhom Daminov,
TerDU professori