Novosibirskda Surxondaryo savdo uyi ochiladi

Date:

Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyatida O‘zbekiston-Novosibirsk biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi, Novosibirsk viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Sibir, Ural va Uzoq Sharq investorlari klubi hamkorligida o‘tkazilgan forumda Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat yurtimiz delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Iqtisodiy anjumanning yalpi majlisida so‘zga chiqqan Novosibirsk viloyati sanoat, savdo va tadbirkorlikni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Dmitriy Grishunin hududning O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish muhimligini alohida ta’kidladi.
Delegatsiyamiz vakillari novosibirsklik tadbirkorlarga xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, jumladan, hudud imkoniyatlari, O‘zbekiston bozoriga kirish shartlari va tartibi haqida ma’lumot berdilar.
Novosibirsk viloyati ishbilarmon doiralari vakillari qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, kimyo sanoati, isitish qozonlari ishlab chiqarish, tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda o‘z biznes-loyihalarini taqdim etdilar. Xususan, unda novosibirsklik tadbirkorlarning mahsulotlarini “Termiz” xalqaro savdo markazi orqali Afg‘onistonga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yil noyabr oyida ushbu markazda Novosibirsk viloyatining alohida ko‘rgazma pavilyonini ochish, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha barcha zarur masalalarni hal
qilish uchun Surxondaryo viloyatiga biznes-missiya tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.
Shuningdek, O‘zbekistonning Novosibirskda chakana va ulgurji savdoga mo‘ljallangan,
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi shourumini hamda Surxon-daryo va Farg‘ona viloyatlarining savdo uylarini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Iqtisodiy forum yakunida Rossiya tomoni bilan birgalikda mamlakatimiz mahsulotlari va xomashyolarining elektron platformasini yaratishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun