Bolalar oromgohga jo‘natildi

Date:

Ta’tilda bolajonlarning munosib va mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Muhimi, oromgohlarga borishga, do‘stlar orttirishga, mazmunli dam olishga barcha haqli. Ana shundagina yangi o‘quv yili ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlanadi.

Sherobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 63 nafar farzandi uchun yozgi dam olish mavsumini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida “Vandob Beshbuloq” oromgohiga yo‘l oldi. Mazkur tashabbus yoshlarimizga quvonch ulashish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Oromgohda bolalar uchun sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, turli o‘yinlar va sayohatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Oromgoh Vandob mahallasida joylashgan bo‘lib, yoshlarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun