7 nafar fuqaro g‘amxo‘rlik ostida

Date:

Sog‘lik tuman boylik deyishadi. Ba’zan biror joyimiz og‘rib qolsa, oilamizdagilarga og‘irligimiz tushishini istamay, dardimizni yeng uchida saqlashga harakat qilamiz. Ammo yurtimizda shunday maskanlar, xizmatlar yo‘lga qo‘yilganki, har bir yordamga, e’tiborga muhtoj insonlarga beminnat yordam ko‘rsatilib, g‘amxo‘rlik qilinayotir.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror ijrosi doirasida Angor tumanidagi “Guliston” mahallasida kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu xizmatdan 7 nafar fuqaro foydalanib kelmoqda.

Xizmat o‘zgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari bo‘yicha 0 balldan 62 ballgacha bo‘lgan, 18 va undan katta yoshdagi shaxslar uchun ko‘rsatiladi. Ushbu kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmatida shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish), parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish), muloqot qilish, o‘z-o‘ziga xizmat qilishga o‘rgatish kabi faoliyatlar amalga oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun