Ish vaqtidan tashqari ishlarga haq to‘lash tartibi belgilanmoqda

Date:

Yangi qonun loyihasida ish vaqtidan tashqari ishlarga haq to‘lash tartibi belgilanmoqda. Ushbu loyihaga muvofiq kunlik ish vaqtidan tashqari ishning dastlabki ikki soati uchun kamida 1,5 barobar miqdorda, ikki soatdan ortiq ish vaqti uchun kamida 2 barobar miqdorda hamda mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ish joylarida esa har bir soat uchun kamida 2 barobar miqdorda to‘lov belgilanadi.

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun oddiy sharoitlarda — ketma-ket ikki kun davomida to‘rt soatdan oshmasligi, noqulay mehnat sharoitlarida — bir kunda ikki soatdan oshmasligi ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, xodimlarga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini kengaytirish va norasmiy ravishda ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish holatlarining oldini olish maqsadida, qonun loyihasida ish vaqtidan tashqari ishlarning umumiy yillik davomiyligi uchun belgilangan 120 soatlik cheklovni bekor qilish taklif etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun