O‘G‘RINING QISMATI

Date:

Bir kishining ko‘ngliga o‘g‘rilik havasi tushibdi va shu hunarni o‘zlashtirishga jazm qilibdi. Unga Nishopur shahriga borsang, bu ishda pixini yorgan bir odam bor, o‘sha senga ta’lim beradi, deb maslahat berishibdi.

Havaskor o‘g‘ri Nishopurga yo‘l olibdi, o‘sha odamning uyini topib:

— O‘g‘rilik ilmini mukammal o‘rganish maqsadida huzuringga keldim, — debdi.

Ustoz o‘g‘rilikdan birmuncha dars beribdi, keyin uning oldiga taom keltirib qo‘yib:

— Qani, chap qo‘ling bilan yegin-chi, — debdi.

Havaskor o‘g‘ri umrida chap qo‘li bilan taom yemagan ekan, ovqatni yeyolmabdi.

Buni ko‘rib ustoz o‘g‘ri shunday debdi:

— O‘g‘ilginam, sen tanlagan kasb shunday bir kasbki, agar qo‘lga tushib qolsang, albatta, o‘ng qo‘lingdan ayrilib qolasan, uni chopib tashlaydilar, o‘shanda qiynalib qolmaslik uchun hozirdanoq chap qo‘l bilan taom yeyishni mashq qilishing kerak.

Bu so‘zni eshitib, havaskor o‘g‘ri birdan o‘ziga kelibdi: “Tog‘ni talqon qiladigan shunday qo‘lni juvonmarg qilish va undan mahrum bo‘lish xavfini tug‘diradigan bunday hunarning bahridan kechish kerak”, — debdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun