Ko‘prik qurilishi — prokuratura nazoratida

Date:

Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i U.Qurbonov tomonidan Boysun tumani “Sayrob” mahallasida barpo etilayotgan ko‘prik qurilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur ko‘prik hudud aholisi uchun muhim yo‘l infratuzilmasi hisoblanadi. Shu bois, qurilish ishlarining tez, sifatli va xavfsiz amalga oshirilishi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Ko‘prik qurilishi bilan shug‘ullanayotgan tashkilot va pudrat korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularga aniq vazifalar yuklatildi. Qurilishni belgilangan muddatda yakunlash va foydalanishga topshirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi hamda ogohlantirishlar berildi. Shu o‘rinda, viloyat prokuraturasi tomonidan aholi muammolariga befarq bo‘lmagan, ularning yashash sharoitini yaxshilashga xizmat qiluvchi loyihalar doimiy e’tiborda ekanini alohida ta’kidlash lozim.

Ko‘prik qurilishi ustidan nazorat davom etadi va natijalari bo‘yicha jamoatchilikka muntazam axborot berib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun