Tanlov

Date:

Tulki daryoning nargi qirg‘og‘ida turgan tuyadan so‘radi:
— Suv sathi chuqur emasmi?
Tuya javob berdi:
— Yo‘q, yelka barobar.
Tulki o‘zini suvga otgan edi daryo chuqurligidan uni domiga torta boshladi. U goh suv ichiga g‘arq bo‘lib, goh tipirchilab zo‘rg‘a boshini suvdan chiqarib, arang bir toshga tirmashib jonini saqlab qoldi. Keyin xansiragancha tuyaga baqirdi:
— Sen daryoni yelka barobar, demaganmiding?!
Tuya yana xotirjam javob berdi:
— Ha, shunday, lekin u mening yelkam barobar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun