Quyosh yaqinida “olovli qush” paydo bo‘ldi

Date:

LASCO teleskopi tomonidan Quyosh yaqinida g‘ayrioddiy obekt — “qush” yoki “uchar kema”ga o‘xshash ulkan shakl tasvirga olindi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi. Teleskop tomonidan olingan tasvirda bu obyektning orqasida “olovli iz” ham ko‘rinadi.

Mutaxassislar bu obyekt “qanoti”ning uzunligi 150 000 kilometrga tengligini ta’kidlab, uning o‘lchami Yer diametridan 10 barobar katta ekanini bildirdi. Obyekt Quyosh yuzasidan 2 million kilometr masofada joylashgan.

Mazkur tasvir ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar hatto bu obyektni boshqa sayyoraliklar yoki boshqa nazariyalar bilan bog‘lashdi. Shu sababli, olimlar hazil aralash tarzda “har qanday versiya va munozaralarga, shu jumladan, o‘zga sayyoraliklar, plazmaviy hayot yoki fitna nazariyalariga ham ruxsat” deb bayonot berishdi.

Biroq ilmiy izoh ancha aniq va asosli. Moskva Fizika va texnika universitetining katta ilmiy xodimi Yevgeniya Kravchenkoga ko‘ra, “olovli qush”ga o‘xshagan obyekt aslida Quyoshdan chiqqan zaryadlangan zarrachalar bulutidir. Bu hodisa ilmiy til bilan aytganda — koronal massa chiqarilishi deyiladi. Bunday holatlar Quyoshda tez-tez sodir bo‘ladi.

“Biz suratda Quyosh tojidan chiqqan issiq zarrachalar — protonlar, elektronlar va geliy yadrolarini ko‘ryapmiz. Ular million darajagacha qizigan va Quyosh magnit maydonidagi faollik natijasida yuzaga kelgan,” — deydi Kravchenko.

Bu zarrachalar juda katta tezlikda fazoga uchib chiqadi. Agar ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yer tomon yo‘nalgan bo‘lsa, yerda qutb nurlari paydo bo‘lishi mumkin. Ammo bu safargi chiqarilish Quyoshning chekkasida sodir bo‘lgani sababli Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

“Bunday hodisalar aynan hozirgi kabi Quyoshning faollik davrida ko‘p uchraydi. Biz hozir 11 yillik siklning eng yuqori bosqichidamiz,” — deb tushuntiradi olima.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun