Turnirda birinchi…

Date:

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sportning Taekwondo WT turi bo‘yicha xalqaro Taekwondo WT professori Baek Mun Jongning 16-Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli musobaqada qoʻshni davlatlardan Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Qirgʻiziston davlatlaridan ham kuchli va mahoratli sportchilar ishtirok etdi.
Turgan gapki, turnir qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Haqiqiy sportchilar, puxta tayyorgarligi bor va iqtidorli yoshlar g‘oliblik pillapoyalaridan ko‘tarildi. E’tiborlisi, Termiz Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi oʻquvchilari ham g‘olib va sovrindorlar safida bo‘lishdi. Markaz o‘quvchisi Gulmira Eshqobilova 63 kilogramm vazn toifasida 1-oʻrinni qo‘lga kiritgan bo‘lishsa, Sunnatbek Zokirjonov hamda Durdona Nuriddinovalar o‘z vazn toifasida 3-oʻrin bilan kifoyalanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun