Olimpiya zaxirasi shakllantirilmoqda

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan yosh sportchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston — Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining yengil atletika yo‘nalishidagi mintaqaviy bosqichi Boysun tumanida bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, Termiz shahrida og‘ir atletika bahslari qizg‘in tus oldi.
Murosasiz bellashuvlar ostida o‘tgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va irodasini namoyon etishdi. Bir-biridan qiziqarli kechgan musobaqada eng kuchlilar g‘alaba qozondilar.
Musobaqaning viloyat bosqichiga ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkiliy qo‘mitaning diplom va medallari bilan taqdirlandi. Mazkur musobaqalar yosh avlodni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Olimpiya zaxirasini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun