Mahkumlar kasb-hunarga yo‘naltirilgan

Date:

Bilib yoki bilmay jinoyat qilish jazoga sabab bo‘ladi. Mahkumlik esa hayot tugadi, maqsad qilmay qo‘yish kerak degani emas. Shunchaki, inson o‘z qilmishini tushunib yetishi, bunday holatlarga takror yo‘l qo‘ymasligi, tegishli xulosa chiqarish uchun vaqt berildi degani.

Albatta, bu vaqt davomida hech bir mahkum, ayniqsa, u yosh bo‘lsa, bekor qolishiga yo‘q qo‘yilmaydi. Foydali ishlarga band qilinadi, kasb-hunar o‘rganishi, tajribasini oshirishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa ularning keying hayotida o‘z yo‘llarini topishiga zamin hozirlaydi.
Viloyat Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshlig‘i Asliddin Xurramov tomonidan Sherobod tumanida joylashgan 41-sonli manzil koloniyasidagi fuqarolar ish faoliyati bilan tanishildi. Tashrif doirasida muassasa hududida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar o‘rgatish markazlari bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur markazlarda yosh mahkumlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun