Amir Temur: premyera yaqin

Date:

Netflix kompaniyasi Amir Temur haqidagi kinokartinaning tasvirga olish ishlarini tugatdi. 2022-yil yakunida tayyorlana boshlangan “Temurlan: soʻnggi jahongirning yuksalishi” kinotasmasi Amir Temur hayotiga bagʻishlangan. Filmni suratga olish ishlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan.

“Bizning film Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishining epik tarixi hamda u qoldirgan meros haqida hikoya qiladi. Ishlab chiqarishning asosi Oʻzbekiston boʻldi. Biz mintaqadagi eng muhim tarixiy shaxslardan birining kinematografik tasvirini u yashagan va jang qilgan joylarda gavdalantirdik. Bu suratga olish uchun juda qadrli”, – deydi loyiha mualliflaridan biri.

Suratga olish guruhiga Oʻzbekiston, Qozogʻiston va AQSH mutaxassislari jalb etilgan. Rejissyor Jeykob Shvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen oʻynagan. Amir Husaynning raqibini Mahesh Jadu ijro etgan.

Qayd etilishicha, kaskadyorlar guruhini afsonaviy Nomad Stunts jamoasi boshqargan. Ular yordamida otliqlar hujumlari va ot janglarining epik epizodlarini jonlantirishga erishilgan.

“Oʻzbekistonlik olimlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, jamoamiz Markaziy Osiyoning ulugʻvorligini – asl dekoratsiyalar, tarixiy jihatdan aniq liboslar va Temur saltanatining mohiyatini aks ettiruvchi ajoyib kinematografiyani sinchkovlik bilan qayta yaratdi”, – deydi ijodiy guruh.

Film suratga olish ishlari oʻtgan yilning kuzida yakuniga yetgan va hozir u postprodakshen bosqichida. Film premyerasi joriy yil yoz faslining oxirlarida oʻtkazilishi taxmin qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun