O‘rim boshlandi

Date:

Qilingan mehnat-u harakatlar meva beradigan muddat yetdi. Erta bahorda ekilgan don unib o‘sdi, hosilga kirib, pishib yetildi. Mana endi o‘rimni boshlasa ham bo‘ladi. Viloyatimizda g‘alla o‘rimi mavsumiga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Mirishkor dehqonlar hosil yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Al-Hakim at-Termiziy majmuasida mavsum oldidan ehson tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, tuman hokimlari, soha faxriylari, nuroniylar hamda diniy soha vakillari ishtirok etdi.
Viloyat rahbari mavsumni yuqori uyushqoqlikda tashkil etish, xalqimiz rizq-ro‘zi hisoblangan g‘alla hosilini yo‘qotishlarsiz va o‘z vaqtida yig‘ib olish lozimligini ta’kidladi. Shu bilan birga, bu jarayonda barcha imkoniyat va resurslarni safarbar etish, tajribali mutaxassis va faxriylarning maslahatlariga tayanish muhimligiga e’tibor qaratdi. Tadbir so‘ngida yurt tinchligi, hosillar barakasi va mavsumning xayrli o‘tishi uchun duo qilindi hamda Qur’on tilovat qilindi.

Oldingi sahifaMajlis boshlandi
Keyingi sahifaYangi bog‘cha quriladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun