Hamkorlik yangi bosqichda

Date:

Vohamizda ham xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik izchil kengayib bormoqda. Ayniqsa, Xitoy kompaniyalari bilan investitsiyaviy aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilayotir.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Dongfeng Liuzhou Motor Co., Ltd” kompaniyasining Jilin universiteti Sindao avtomobil tadqiqot instituti vitse-direktori Fu Xao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda mamlakatimizning sanoat, avtomobilsozlik va ishlab chiqarish sohalaridagi imkoniyatlari, shuningdek, Surxondaryo viloyatining salohiyati va hududiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur ma’lumotlar asosida Xitoy kompaniyasining viloyatda zamonaviy avtomobil zavodi tashkil etish bo‘yicha taklifi muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida Xitoy kompaniyalarining so‘nggi yillarda global avtomobilsozlik bozorida egallab borayotgan mavqeyi va ularning ilg‘or texnologiyalari alohida qayd etildi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini chuqur o‘rganish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida har ikki tomon mutaxassislari ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun