“Boysun bahori” isteʼdodlarni kashf etdi

Date:

Boysun tumanidagi madaniyat markazida milliy qadriyatlar, san’at va folklorni ulug‘lovchi “Boysun bahori” festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Festival viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda hududiy “Barkamol avlod” maktablarining “Madaniyat va san’at” yo‘nalishidagi to‘garaklarida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.Yosh avlod qalbida milliy g‘urur, estetik did va ijodkorlikni shakllantirishda muhim o‘rin tutgan tanlovda yoshlar bor mahorat va iqtidorlarini namoyon etdilar.

Yakunda Denov va Qiziriq tumanlari jamoalari 3-, bandixonliklar 2- va Boysun tumani jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. G‘olib va faol jamoalar viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun