Mehnat bor joyda — baraka bor

Date:

Tomorqadan unumli foydalanganlar farovon turmush kechirmoqda. Angorlik To‘yli Xonnazarov ham 22 sotixli tomorqasidan 2,2 sotixiga 3 yil avval issiqxona qurilgan bo‘lib, bu yil u yerda pomidorning “Malganet” navi ekilgan.
Xonnazarovlar issiqxonada oilaviy ishlaydi. Qolgan yer maydonlariga esa kartoshka, baqlajon, qulupnay, oshqovoq kabi turli sabzavot va poliz mahsulotlari ekilgan. Shuningdek, xonadon bog‘ida 150 dan ortiq mevali daraxt bor bo‘lib, ularning 25 xil turga mansub mevalarning oiladan ortgani mo‘may daromad keltirmoqda.
“Biz yerni mehr bilan parvarishlaymiz. Issiqxonamiz ham, bog‘imiz ham oilaviy mehnat samarasidir. Har bir bunyodkorlikka bolalarim bilan birga qo‘l uramiz. Mehnat qilgan odam hech qachon kam bo‘lmaydi.” — deydi oila boshlig‘i To‘yli Xonnazarov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun