“Jayxun” finalda

Date:

Oliy ta’lim muassasalarida teatr jamoalari o‘z faoliyatini boshlab, iqtidorli yoshlar kashf etila boshlandi. Bundan tashqari, eng yaxshi asarlar sahnalashtirlib, keng jamoatchilikka ma’naviy ozuqa berayotganidan ham xabaringiz bor. Ayni teatr jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov esa yosh iste’dodlarga munosib baho berishga xizmat qilsa, ajab emas.
Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Finalda respublikamizning eng kuchli teatr jamoalari tayyorlab belgan spektakllari bilan ishtirok etishdi. Quvonarlida, tanlovda Termiz davlat pedagogika institutining “Jayxun” talabalar teatr studiyasi jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Final bosqich g‘oliblarini taqdirlash marosimi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ijodkor talabalar mahorati yuqori baholanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Marafon birdamlikka chorladi

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi...

Qish betalafot oʻtadi

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida qish mavsumini betalafot o‘tkazish...

Halollik tamoyillari mustahkamlanadi

9-dekabr — Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Surxondaryo...

ID-pasportlar tantanali topshirildi

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga...
KunTun
KunTun